“Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro ilmiy-texnik loyihalar va yosh olimlar ilmiy stajirovkalari ishtirokchilarining 1-Respublika forumi oʻtkazildi

“Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro ilmiy-texnik loyihalar va yosh olimlar ilmiy stajirovkalari ishtirokchilarining 1-Respublika forumi oʻtkazildi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

3-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro ilmiy-texnik loyihalar va yosh olimlar ilmiy stajirovkalari ishtirokchilarining 1-Respublika forumi oʻtkazildi. Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti binosida oʻtkazilgan tadbirda vazirlik mutasaddilari, Belarusning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari, Belarusda ilmiy stajirovka oʻtab kelgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialil yosh olimlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

TTA Farg'ona filiali

Hozirgi kunda Belarus Respublikasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkadan oʻtgan har bir yosh olim tomonidan stajirovka natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, unga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tanlov asosida saralab olingan 10 nafar yosh olimlarni joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Belarus Respublikasining nufuzli ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari aspiranturasida taʼlim olishlari tashkil etilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki va Belarus Respublikasining “Politexnik” ilmiy-texnologik parki hamda “Unitexprom” oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi oʻrtasida imzolangan kelishuvlar doirasida ushbu innovatsion tuzilmalar bilan “Yashnobod” innovatsion texnoparki izchil hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.