Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari

Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari

Ko'rildi 125 Yangiliklar

Shermatov Rasuljon Mamasiddiqovich
Kafedra mudiri
Tel: +99899 605-77-08
Email: r.m.shermatov@mail.ru

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (13:00 – 16:00)

KAFEDRA HAQIDA

Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi 1998 yil 15-iyundagi 1-sonli buyrug‘i bilan “Tibbiy biologik fanlar” kafedrasi negizida “Anatomiya va gistologiya”, “Biokimyo va biofizika” hamda “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedralari tashkil etildi. “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedrasiga u tashkil etilgandan boshlab, 2001 yilgacha dotsent S.M.Madaminov rahbarlik qilgan. 2001 yildan 2012 yilgacha dotsent A.A.Nishanova mudirlik qilgan. “Anatomiya va gistologiya” kafedrasiga esa tibbiyot fanlari doktori Nishonov Y.N. rahbarlik qilgan.

“Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedrasida dastlab 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar assistent “Anatomiya va gistologiya” kafedrasida esa 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent faoliyat ko‘rsatgan. 2004-2005-o‘quv yilidan boshlab “Anatomiya va gistologiya” hamda “Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedradari birlashtirilib “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasiga aylantirildi va unga 2012 yilga qadar tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.A.Nishanova rahbarlik qilib kelgan. 2012 yildan 2013 yilgacha tibbiyot fanlari nomzodi R.M.Shermatov, 2012-2015 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi G‘.N.Sultonov Tibbiy fundamental fanlar kafedrasiga rahbarlik qilishdi. 2016-2018 yillarda kafedra mudiri vazifasida N.S.Matxoshimov faoliyat olib borgan. 2018 yil sentyabr oyidan kafedra “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi deb qayta nomlandi. Hozirda kafedraga t.f.n. R.M. Shermatov mudirlik qilib kelmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

Qoraboyev Muhammadjon
Qoraboyevich
Kafedra professori
Nishonov Yusuf
Nishonovich
Kafedra professori
Madaminov Sodiq
Madaminovich
Kafedra dotsenti
Xoliddinov Xosiljon
Xoliddinovich
Katta o‘qituvchi
Yuldasheva Mohigul
Turdialiyevna
Katta o‘qituvchi
Abdumannonov Axror
Adxamjonovich
Katta o‘qituvchi

Palvanova Matluba
Satvaldiyevna
Assistent

Rasulova Mohidil
Tursinaliyevna
Assistent

Ahadjonov Mavlon
Mahmudjon o‘g‘li
Assistent