Kommunal va mehnat gigiyenasi

Kommunal va mehnat gigiyenasi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

Ashurova Manzura Jaloldinovna
Kafedra mudiri
Tel: +99893 480-15-04
Email: 

Qabul vaqti: Seshanba-Shanba (13:00 – 16:00)

KAFEDRA HAQIDA

Kafedra “Tibbiyot markazi” qoshida Farg‘ona Davlat  Universiteti Ilmiy Kengashining 1993 yil 29 sentyabrdagi 110-sonli qarori va universitet rektorining 1994 yil 12 dekabr 512-L buyrug‘iga asosan tashkil etilib, unga t.f.n. dotsent B.M.Mamatqulov rahbarlik qilgan.

Kafedrada “Ijtimoiy gigiyena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish”, “Umumiy, radiatsion va harbiy gigiyena”, “Ovqatlanish gigiyenasi”, “Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi”, “Kommunal gigiyena”, “Mehnat gigiyenasi”, “Tibbiyot tarixi”, “Biostatistika”fanlaridan mashg‘ulotlar olib borilgan.

Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot instituti Farg‘ona filialining 1998-yil 12-avgustdagi 77-sonli buyrug‘i va 1998-yil 20-avgustdagi buyrug‘iga asosan “Gigiyena” kafedrasi negizida “Gigiyena 1” va “Gigiyena 2” kafedralari tashkil etilib, “Gigiyena 2” kafedrasiga t.f.n. dotsent M.A.Abduraxmonov kafedra mudiri etib tayinlandi, keyinchalik mazkur kafedra “Umumiy, kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasi deb atala boshladi.   2004 yildan boshlab kafedraga «Kommunal va mehnat gigiyenasi» nomi berilgan.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: Kommunal gigiyena, Mehnat gigiyenasi, Umumiy gigiyena va ekologiya, Radiatsion va harbiy gigiyena. Yangi tashkil etilgan kafedraga  Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini  tamomlagan  Mavzur Yusupov, Manzura Ashurovalar ishga keldilar va kafedrani shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Kafedrada 2000-2012 yillar davomida t.f.d. M.A.Abduraxmonov kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Kafedraga 2012-yildan boshlab hozirgi kunga qadar t.f.n. M.J.Ashurova mudirlik qilmoqda.


KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

Azimova Mayram
 Qurbonovna
Katta o‘qituvchi
Muhitdinova Shoiraxon
Baxromovna
Katta o‘qituvchi
Turdiyev Shavkat
Mamirovich
Assistent

Madrahimova Zuhra
Mamasodiqovna
Assistent

Hoshimova Arofat
Yormahamatovna
Assistent

Teshaboyev Aziz
Mahamadaliyevich
Assistent