Gigiyena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash

Gigiyena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash

Ko'rildi 125 Yangiliklar

Isaqov Erkin Ziyayevich
Kafedra mudiri
Tel: +99890 631-04-31
Email: 

Qabul vaqti: Chorshanba-Shanba (13:00 – 16:00)

KAFEDRA HAQIDA

Kafedra “Tibbiyot markazi” qoshida Farg‘ona Davlat Universiteti Ilmiy Kengashining 1993 yil 29 sentyabrdagi 110-sonli qarori va universitet rektorining 1994 yil 12 dekabr 512-L buyrug‘iga asosan tashkil etilib, unga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent B.M.Mamatqulov rahbarlik qilgan.

Kafedrada “Ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish”, “Umumiy, radiatsion va harbiy gigiena”, “Ovqatlanish gigienasi”, “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”, “Kommunal gigiena”, “Mehnat gigienasi”, “Tibbiyot tarixi”, “Biostatistika” fanlaridan mashg‘ulotlar olib borilgan.

Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot instituti Farg‘ona filialining 1998-yil 12-avgustdagi 77-sonli buyrug‘i va Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot instituti Farg ‘ona filialining 1998-yil 20-avgustdagi buyrug‘iga asosan “Gigiena” kafedrasi negizida “Gigiena 1” va “Gigiena 2” kafedralari tashkil etilib, “Gigiena 1” kafedrasiga tibbiyot fanlari nomzodi dotsent B.M. Mamatqulov kafedra mudiri etib tayinlandi, keyinchalik mazkur kafedra “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigienasi, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” kafedrasi deb atala boshladi.

Oradan uch yil o‘tgandan so‘ng, filial direktorining 2001 yil 16 iyuldagi 46-son buyrug‘iga binoan tibbiyot fanlari nomzodi dotsent E.Z.Isoqov 2006 yilgacha “Ovqatlanish, bolalar va o ‘smirlar gigienasi, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.

Hozirda mazkur kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi “Gigiena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash” kafedrasi deb atalmoqda va unga 2006-2012 yillarda professor Sh.S.Baxritdinov kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordi. O‘tgan 2012-2013 o‘quv yilining boshidan mazkur kafedraga tibbiyot fanlari doktori E.Z.Isoqov rahbarlik qilib keldi. Hozirda kafera mudiri lavozimida tibbiyot fanlari doktori E.Z.Isoqov faoliyat olib bormoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

Ashurova Muqaddas
Jaloldinovna
Katta o‘qituvchi
Aripov Asliddin
Mahmudovich
Assistent
Rayimov Alisher
Xoldorovich
Assistent

Maxmudova Hurmatoy
Toshtemirovna
Assistent

Ro‘zimatova Hiloloy
Kabilovna
Assistent