Kadrlar bo’limi

3

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i:
Ibragimov Murat Abduraimovich
Tel.: +998(93) 641-59-67

Рахимбердиева Ф.

Kadrlar bo‘limi inspektori:
Rahimberdiyeva Feruza Egamberdiyevna
Tel.: +998(90) 230-37-97

Kadrlar bo‘limining asosiy vazifalari va majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-filial direktorat bo‘limlari, fakultetlar va kafedralarning mehnat resuslari son va tarkibini o‘rganadi hamda uni takomillaigtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
-filialning barcha bo‘limlari, fakultetlar kafedralarini yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga, yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlaydi;
-filial pedagogik xodimlarini konkurs asosida ishgaqabul qilish to‘g‘risida e’lon berish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni tayyorlaydi, shuningdek bo‘sh ish joylari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashni va tahlil etilishini hamda ro‘znomada e’lon qilinishini tashkil qiladi;
-kadrlar sifat tarkibi (xodimlarning ma’lumot darajasi, ish staji, tajribasi va yoshi) ni o‘rganib chiqish, asosiy uchastkalar- kafedra va bo‘limlarni yukori malakali, yetarli kasbiy tajribaga ega, zamon talablariga javob bera oladigan, jamoani orqasidan ergashtira oladigan, ularni tarbiyalab borishga qurbi yetadigan xodimlar bilan ta’minlash. Xodimlarni ish faoliyatini o‘rganib borib va ularni kasbiy jixatdan o‘sishga e’tibor beradi. bosqichma-bosqich lavozimlarga tayinlab boradi;
-kadrlar sifat tarkibini yaxshilash maqsadida «Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar bilan to‘ldirishi lozim bo‘lgan lavozimlar namunaviy nomenkulaturasi» ni ishlab chiqish va tasdiqdan o‘tkazish;
-filial shaxsiy tarkibi bo‘yicha buyruqlar: ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat ta’tilini berish, xizmat safariga yuborish, akademiya xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash, mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlar bilan ishlash jarayonidagi boshqa xolatlarni rasmiylashtiradi.
-filail tizimi xodimlari mehnatini normalashning tashkil etilishini tashkillashtirish tadbirlarini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
-filialning ichki mexnat tartibi koidalarini ishlab chiqishda qatnashish, jamoa shartnomasini muhokama qilish. jamoaning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorlarni, mehnat intizomi va unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘rganish va olib borish;
-filialga ishga qabul kilingan yangi xodimlar, yosh kadrlarni jamoaga tezroq kirishib ketishi uchun ularni turli tadbirlarga jalb qilish, topshiriqlar berib borish.