Yangiliklar

O‘zbekistonlik olimlardan yangi ishlanma: Jigar yetishmovchiligida davolash usulini tanlash bo‘yicha dastur yaratildi

Dasturning afzalligi shundaki, jigar yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni kasalxonaga qabul qilishda tashxislash va optimal davolash usulini tanlashda juda qo‘l keladi. Ushbu yangi yaratilgan dastur tibbiyot fanlari doktorlari Sarvar Irmatov va Ravshan Ibodovning ilmiy izlanishlari natijasidir. Dasturning afzalligi shundaki, jigar yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni kasalxonaga qabul qilishda tashxislash va optimal davolash usulini tanlashda juda qo‘l keladi.

O‘zbekistonda “Aqlli tibbiyot” tizimi joriy etilmoqda

2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida joriy yil yakuniga qadar mamlakatimiz tibbiyot sohasida “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy ma`lumotlar markazi” konsepsiyalarini mavjud sharoitlarga moslashtirish va tatbiq etish belgilangan edi.

O‘zbekistonlik shifokorlar Turkiyadagi Hestourex ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Turkiyada ikkinchi marta Hestourex sog‘likni saqlash, sport va turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik shifokorlar ishtirok etdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. 5—8-aprel kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tgan tadbir 165 ta mamlakat qatnashchilarini to‘pladi. Unda tibbiyot muassasalari, turistik biznes va sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Ko‘rgazma Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on patronaji ostida o‘tkazildi.

O‘zbekistonda olimlar qo‘shimcha maosh va uy olishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi, deb yozadi Norma. Unda ilmiy xodimlar va olimlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, davlat muassasalari xodimlarining oylik lavozim maoshiga ilmiy darajalariga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilash rejalashtirilmoqda:

O‘zbekistonlik olimlar o‘zak hujayra transplantatsiyasini o‘zlashtirib, uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi

Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti olimlari jahon tibbiyotining ilg‘or yo‘nalishi – o‘zak hujayra transplantatsiyasini o‘zlashtirib, hozirda uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi. 2017-yilda institutda besh nafar og‘ir qon kasalligi bilan xastalangan bemorga shu yo‘nalishda tibbiy yordam ko‘rsatildi va ular sog‘lom hayotga qaytmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.