Abdulazizova Shaxzoda Akram qizi

Abdulazizova Shaxzoda Akram qizi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

Abdulazizova Shaxzoda Akram qizi 1992 yil 17 mayda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug’ilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Tibbiy profilaktika fakulteti, Kasb ta’limi: Tibbiy pedagogik ish ta’lim yo‘nalishi 6-bosqich talabasi. Tibbiyot oliygohlari talabalari uchun O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi ta’sis etgan stipendiyasi sovrindori. Abdulazizova Shaxzoda o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishda. Uning respublika, viloyat gazeta va jurnallarida ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan, filialda talabalar va do‘stlari orasida o‘z o‘rniga egadir.