“Iqtidorli yoshlar yurt ertasi, kelajak bunyodkori” forumi

“Iqtidorli yoshlar yurt ertasi, kelajak bunyodkori” forumi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

17-18 aprel kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialda “Iqtidorli yoshlar yurt ertasi, kelajak bunyodkori” forumi o‘tkazildi. Ushbu forumda TTA Farg‘ona filiali mutaxassislik kafedralar professor o‘qituvchilar va talabalari »Sog‘lom ovqatlanish», »Milliy hunarmandchilik» mavzularida turli xil ko‘rgazma yarmarkalarini o‘tkazdilar. Farg‘ona viloyati Oliy ta’limlardan tashrif buyurgan mehmonlarga fililar iqtidorli talabalar tomondan konsert dasturi ham o‘tkazildi.

Forum doirasida »Iqtidorli yoshlar yurt ertasi, kelajak bunyodkori Respublika I – ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. 2 kun davom etgan anjumanda maxsus sho‘balarda iqtidorli talabalar o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan taqdimotlar o‘tkazdilar. Kengash qarori bilan eng dolzarb mavzudagi ilmiy maqolalar plenar taqdimotga chiqarildilar.

Anjumanda nafaqat Respublikamiz va viloyatlar ta’lim muassasalaridan balki qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh Davlat tibbiyot universiteti Stomotologiya fakulteti 3 –  bosqich talabasi Fazilov Xasanbek o‘z ilmiy maqolasi bilan qatnashdilar hamda Andijon Davlat tibbiyot institutidan ‘Normal fiziologiya’ kafedrasi dosenti G.J.Baybekova o‘z shogirlari, Farg‘ona Davlat Universitet, Farg‘ona politexnika instituti iqtidorli talabalari ham qatnashib sovrinli o‘rinlar egalladilar va filial direktori G.N.Sultonov g‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan tqdirlandi.

Plenar ma’ruzalar iqtidorli talabalarning savol javoblari bilan o‘tdi. Anjuman yakunida filialning faxrli professorlari Y.N.Nishanov,  Q.M.Qoraboyevlar talabalarga ilmiy izlanishlarida ko‘rsatmalar berishib ularga ilm yo‘lida o‘qib izlanishlari, tinmay mehnat qilishlarini ta’kidlab o‘tdilar.