Ilmiy Kengash

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARGONA FILIALI ILMIY KENGASHI  

 Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Ilmiy Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 1998-yil 9-dekabrdagi 345- sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining ilmiy kengashi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq filial faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun direktor raisligida tuzilgan va har yili o‘quv yilining birinchi majlisida tarkibiy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlanadi.

  1. Filial Ilmiy Kengashi tarkibiga quyidagilar kiritiladi: direktor (rais), Kengash kotibi, direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, oliy o‘quv yurti tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, shuningdek, oliy o‘quv yurti talabalari va xodimlari kasaba uyushmalarining vakillari.

Har yili professor – o‘qituvchilar tarkibidan filial Ilmiy Kengashiga saylanuvchi a’zolarning soni direktorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Filial Ilmiy Kengashi tarkibiga filialninag muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlovchi, yirik olim va mutaxassislar, shuningdek, davlatlararo va bevosita aloqalari bo‘lgan xorijiy o‘quv yurtlarining vakillari kiritilishi mumkin. Vakolat muddati -5 yil.

  1. Filial Ilmiy Kengash tarkibi filial direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, har xil sabablarga ko‘ra filial Ilmiy Kengashi tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki Nizom bo‘yicha kiritiladi.
  2. Filial Ilmiy Kengashi:

–   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Maxkamasining qarorlarini filialda ijrosini o‘rganadi.

– kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini ko‘rib chiqadi;

– xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan birlashgan filial Kengashlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi;

– fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni, shuningdek, litseylar, filial qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, qabul natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasining, xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmalar bilan aloqalar to‘g‘risida marketing xizmatining hisobotlarini eshitadi.

– talabalarning yirik malakaviy amaliyotiga yakun yasaydi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi;

– ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalarini va professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish masalalarini muhokama etadi;

– xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

– fakultet va kafedralarni ochish, bekitish, o‘zgartirishga bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

– marketing xizmati takliflarini xisobga olgan holda yangi ta’lim yo’nalishlarini (mutaxassislarni) ochish haqida taklif kiritadi;

– darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish masalalarini ko‘rib chiqadi;

– “Oliy o‘quv yurtlari pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

– professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

– doktorantura va oliy o‘quv yurti ta’limidan keyingi boshqa shakllarga nomzodlarni tavsiya etadi;

– iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni xorijiy oliy o‘quv yurtlariga stajirovkaga tavsiya etishadi;

– ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi;

– filial bitiruvchilari safidan nomzodlarni doktoranturaga qabul qilishni tavsiya etadi, shuningdek, ilmiy izlanuvchilarning shaxsiy rejalarini va nomzodlik dissertatsiyasi mavzularini tasdiqlaydi;

– filialning iqtidorli talabalari va ilmiy izlanuvchilari safidan nomzodlarni nomli stependiyalarni olishga tavsiya etadi;

– fakultet dekanlarining fakultet bitiruvchilari bilan aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi, kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;

– filial talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi;

– filial rivojlanishining joriy (yillik) istiqbol rejalarini tasdiqlaydi va moliyaviy- xo‘jalik faoliyati natijalarini eshitadi;

– oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirish rejalarining loyihalarini muhokama etadi va hisobotini eshitadi.

  1. O‘z ishini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Filial Ilmiy Kengashi rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, filial direktori tomonidan tasdiqlanadi.
  2. O‘quv va ilmiy ishlarning barcha masalalari bo‘yicha filial Ilmiy Kengashining qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallashga o‘tkaziladigan tanlovlar, professor va dotsent ilmiy unvonlarini berishga taqdimnomalar esa yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
  3. Filial Ilmiy Kengashi qarorlari, filial direktori tasdiqlaganidan so‘ng kuchga kiradi.
  4. Filial Ilmiy Kengashi majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar filial Ilmiy Kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
  5. Filial Ilmiy Kengashi raisi muntazam ravishda filial Ilmiy Kengashi qarorlari bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etadi va Kengash a’zolariga qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida axborot beradi.