Ikkinchi va undan keyingi ta’lim

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG‘ONA FILIALI 2019-2020 O‘QUV YILI UCHUN IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARIGA ABITURIENTLARNI O‘QISHGA TAKLIF ETADI

Toshkent tibbiyot akademiyasi farg‘ona filiali tibbiyot sohasida yuqori malakali, talab yuqori bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlaydi.

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bakalavrlar tayorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari:

1.Davolash ishi.
2.Tibbiy profilaktika ishi.
3.Oliy hamshioralik ishi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy  ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

– ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
– oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
– 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
– № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
– pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Ta’lim muassasasi quyidagilarni mustaqil hal qiladi:

-o‘quv rejalari va dasturlaridagi aniqlangan farqlar asosida ta’lim muassasasida o‘qitish kursini belgilash birinchi yoki ikkinchi kursdan belgilash.

Hujjatlar 2019-yilning 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Manzil: Farg‘ona shahri, Yangi Turon ko‘chasi 2a uy.
Tel: +99873 243-06-62, +99895 404-06-62, +99895 404-06-63, +99895 404-06-64
Elektron pochta: fftma@mail.ru