Ichki nazorat va monitoring

Матхошимов Н.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i:
Matxoshimov Nodirjon Soyibjonovich
Tel.: +998(91) 112-22-06

Email: nodir_tib_83@mail.ru

Bo‘lim haqida:
1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filial Ichki nazorat va monitoring bo‘limi kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv talim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Oliy talim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining hamda Akademiya bo‘yicha ichki buyruqlar, qarorlar va ko‘rsatma-farmoyishlarning ijro etilishini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan.
2. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Talim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va “Ichki nazorat va kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi Filialda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, manaviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va akademiya bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi asosiy vazifalari:
Ta’lim boshqaruvi organlari (Vazirlik, rektorat, Ilmiy kengash)da ta’lim ishini takomillashtirish va isloh qilish bo‘yicha material va takliflarni tayyorlash.
Filial buyruq va qarorlari bajarilishini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Professor-o‘qituvchi tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini ichki nazorat qilishni tashkillashtirish va amalga oshirish.
Professor-o‘qituvchi tarkib faoliyatini baholashning reyting uslubini joriy qilish.
Filial rahbariyatiga kamchiliklarni oldini olish, muammolarni yechimini topish, xodimlarning egallagan lavozimiga mosligi haqida takliflar berish.
Filialda va mos o‘quv bo‘limlari (malaka oshirish instituti, litsey va boshq.)da ta’lim va ta’lim standartlari me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishini nazoratga olish.
Filial va unga biriktirilgan ta’lim muassasalari ishida ishtirok etish.
Fakultetlar, kafedralar va filial aal akademiyaning boshqa struktur bo‘linmalarida xizmat majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish, shuningdek zarur holatlarda mutaxassislarni jalb qilish.
Barcha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish, davlat attestatsiyasini amalga oshirish, magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlarni nazorat qilish.
Monitoring va ichki inspeksiya bo‘limi vakolati doirasida malakali professor va o‘qituvchilarni jalb qilgan holda masalalarni joylarda ko‘rib chiqish guruhlarini tashkil etish.