Filial yangiliklari, Ommaviy tadbirlar, Yangiliklar

hamshiralik ishi yo‘nalishining Kasbiy (Ijodiy) imtixonlari bo‘lib o‘tdi

Ko'rildi: 125

Bugun 15 iyul  Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishining Kasbiy (Ijodiy) imtixonlari bo‘lib o‘tdi. Unda 15 iyul kuniga shakllantirilgan 500 nafar abituriyentdan 250 nafar abituriyentlar tartib bilan bilet savolliglari olinib, maxsus xonalarda tayyorlanib, ijodiy imtixon xonalarida, viloyat tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan imtixondan o‘tkazildi.

Abituriyentlar diqqatiga!!!

Ko'rildi: 125

Abituriyentlar diqqatiga!!! 2019 yilning 15-16 iyul kunlari soat 8:00 dan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filialida Oliy Hamshiralik ishi ta’lim yo’nalishiga Kasbiy (ijodiy) imtixonlar bo’lib o’tadi. Abituriyentlar o’zlari bilan passport, diplom (ilovasi bilan), abituriyent qayd varaqsini hamda tibbiyot hodimi kiyimida kelishlari so’raladi!!! 

Abituriyentlar diqqatiga!!!

Ko'rildi: 125

Abituriyentlar diqqatiga!!! Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent tibbiyot kaakdemiyasi Farg‘ona filiali Qabul Komissiyasi 2019 yilning 7-iyul va 14-iyul kunlari abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiladi.

Seyjon Universiteti delegasiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi

Ko'rildi: 125

2019 yil 13-iyun kuni Korea Seyjon universiteti rektori Farg‘ona viloyat hokimligi bilan Farg‘ona shahrida Korea Xalqaro Universitetini tashkil etish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Joriy yilning 3 – iyul kuni Seyjon Universiteti delegasiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga tashrif buyurishdi va Korea Xalqaro Universiteti, Hamshiralik fakulteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashinishga kelishildi.  

O’zbekistonda tibbiyot oliygohlarida tahsil olish istagidagi chet el fuqarolari diqqatiga!!!

Ko'rildi: 125

O’zbekistonda tibbiyot oliygohlarida tahsil olish istagidagi chet el fuqarolari diqqatiga!!! Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filialida chet el fuqarolari hujjatlariniquyidagi yo’nalishlar bo’yicha qabul qilish boshlandi: 1. Davolash ishi 2. Oliy hamshiralik ishi 3. Tibbiy-profilaktika ishi 4. Biotibbiyot muhandisligi Kerakli hujjatlar: 1. Pasport 2. Attestat (diplom) Arizachilarning arizalari elektron tarzda chet el fuqarolari uchun anketa ko’kinishida ushbu […]

Oliy ta’lim muassasalari uchun davlat buyurtmasi belgilandi

Ko'rildi: 125

Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish maqsadida 2019/2020-o‘quv yilidan davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimi joriy etiladi, deb xabar beradi Norma. Davlat buyurtmasi iqtisodiyotning oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan bazaviy ehtiyojini aks ettiradi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi. Oliy ta’lim muassasalari mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, davlat buyurtmasiga qo‘shimcha ravishda qabul […]

Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston OTMlariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilandi

Ko'rildi: 125

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-iyunda “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 517-sonli qarori bilan qabul qilindi. Bu haqda “Edu.uz” Telegram kanali xabar berdi. Qarorga muvofiq, xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga OTM tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi. OTMlarga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi […]

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun alohida kvota ko‘rsatkichlari tasdiqlandi

Ko'rildi: 125

O‘zbekiston Prezidentining 2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi, bu haqda “Xalq so‘zi” xabar beradi. Qaror bilan 2019/2020-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklining har biri bo‘yicha alohida […]

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Call-markaz tashkil etildi

Ko'rildi: 125

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Call-markaz tashkil etildi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklarni mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish ekanligi bildirilgan. Fuqarolar +99895 404-06-62,+99895 404-06-63, +99895 404-06-64, telefon raqami orqali filial Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob […]

Oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining Yakuniy Davlat attestasiya jarayonlari boshlandi

Ko'rildi: 125

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yakuniy Davlat attestasiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  2019 yil 20 apreldagi 365 – sonli buyrug‘iga binoan 14-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi  bitiruvchilariga mutaxassislik fanlaridan Toshkent tibbiyot akademiyasi “Oliy ma’lumotli hamshirа” fakulteti dekani professor Sh.X.Bakiyeva  raisligida Yakuniy Davlat attestasiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi.