Imtiyozlar: Kategoriya arxivlari

Imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Qurolli Kuchlar qismlari va bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib o‘rnatish, shuningdek, ularga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son qarorining 1-bandi o‘zgartirilib, 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlarning qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, ammo ular uchun imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballarni hisobga olgan holda tanlovdan o‘ta olmagan abituriyentlarning respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalari, test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bunda abituriyent tanlagan boshqa oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballni hisobga olgan holda, fanlar bo‘yicha topshirilgan test sinovlari fanlar to‘plami (bloki) va abituriyent tomonidan to‘plangan ballarga muvofiq, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

2. Vazirlar Mahkamasi 2012-yilning 10-iyuligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni, ushbu qarorning 1-bandida bayon etilgan talablarni hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublikaning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berish chog‘ida tegishli tartib o‘rnatilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari, tavsiyanomalar jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga, zarur bilim darajasiga ega bo‘lgan munosib nomzodlargagina berilishini nazarda tutishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu hujjatdan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi H.A.Muhitdinov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 31-may

О дополнительных мерах по совершенствованию системы льгот гражданам, отслужившим срочную военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан

Постановление Президента Республики Узбекистан

В целях наведения должного порядка при выдаче рекомендаций в частях и подразделениях Вооруженных Сил военнослужащим, отслужившим срочную военную службу, для поступления в высшие учебные заведения республики, а также усиления стимулирующих факторов предоставляемых им льгот:

1. Во изменение пункта 1 постановления Президента Республики Узбекистан от 31 октября 2005 года №ПП-213 «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы льгот военнослужащим, проходящим военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан» установить, начиная с 2012/2013 учебного года, порядок, в соответствии с которым:

граждане, отслужившие срочную военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан, имеющие соответствующие рекомендации командования воинских частей, имеют льготы при поступлении во все высшие образовательные учреждения республики по подготовке бакалавров по всем направлениям и специальностям в виде прибавки дополнительных баллов в размере 27 процентов от их максимально возможного количества;

рекомендации командования воинских частей, выданные гражданам, отслужившим срочную военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан, для поступления в высшие образовательные учреждения, действуют в течение трех лет с даты их выдачи;

заявления абитуриентов, отслуживших срочную военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан, но не прошедших по конкурсу, с учетом установленной для них прибавки по льготам, об их зачислении в другие высшие учебные заведения республики рассматриваются Государственной комиссией по приему в образовательные учреждения Республики Узбекистан в течение 10 дней после завершения тестовых испытаний.

При этом зачисление в другие избранные абитуриентом высшие учебные заведения производится по решению Государственной комиссии по направлениям образования, в соответствии со сданными блоками предметов тестирования и набранными абитуриентом баллами, с учетом установленной прибавки по льготам, в пределах утвержденных общих квот приема.

2. Кабинету Министров в срок до 10 июля 2012 года в установленном порядке утвердить Положение о порядке приема и зачисления в высшие образовательные учреждения граждан, отслуживших срочную военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан, с учетом требований, изложенных в пункте 1 настоящего постановления.

3. Предупредить руководителей Министерства обороны, Министерства внутренних дел, Службы национальной безопасности Республики Узбекистан об их персональной ответственности за наведение должного порядка при предоставлении рекомендаций военнослужащим, отслужившим срочную военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан, для поступления в высшие учебные заведения республики, имея в виду выдачу их только достойным кандидатам, имеющим высокие результаты боевой и духовно-просветительской подготовки, необходимый уровень знаний.

4. Признать утратившим силу пункт 1 постановления Президента Республики Узбекистан от 31 октября 2005 года №ПП-213 «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы льгот военнослужащим, проходящим военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан».

Министерству высшего и среднего специального образования совместно с Министерством юстиции, Министерством финансов, Министерством обороны, Министерством внутренних дел, Службой национальной безопасности, Государственным центром тестирования при Кабинете Министров Республики Узбекистан и другими заинтересованными министерствами и ведомствами в месячный срок:

внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в законодательство, вытекающих из настоящего постановления;

привести ведомственные нормативно-правовые акты в соответствие с настоящим постановлением.

5. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан Мирзиёева Ш.М. и Государственного советника Президента Республики Узбекистан Мухитдинова Х.А.

Президент Республики Узбекистан И. Каримов

Город Ташкент, 31 мая 2012 года.