Ma’naviyat markazi: Kategoriya arxivlari

Ma’naviy-ma’rifiy ishlari markazlari faoliyati

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi filialda o'tkaziladigan, talabalarni milliy istiqlol g'oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr – muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug' va olijanob maqsadga e'tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo'ljallangan ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

m2 (1)

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi:

·         Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining ma'naviy – ma'rifiy masalalar bo'yicha qabul qilingan xujjatlari va ko'rsatmalarini filial jamoasiga o'z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi.

·         Fakultet dekanining ma'naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo'yicha muovini va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

·         Talabalar uyida ma'naviy – ahloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi.

·         Kutubxona ma'naviy – ma'rifiy hayotini nazorat qiladi.

·         "Axborot guruhi" uchun yetarli shart sharoitlar yaratadi.

·         Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.

·         "Kamolot" YoIH, Xotin – qizlar kengashi hamda turli jamoatchilik xarakatlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

·         Ma'naviy – ma'rifiy maqsadlarda to'garaklar, klub va yig'inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

·         Filial ommaviy tadbirlarida, qashar va obodonchilik ishlarida filial jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta'minlaydi.