Interaktiv xizmatlar: Kategoriya arxivlari

ARMda tadbir

Axborot resurs markazidan foydalanish qoidalari

1. Umumiy qoidalar

     1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqorolik, shaxsning erkin kamol topishi printsiplariga asoslanadi.

     1.2. ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko’rsatiladigan pullik xizmatlarningg ayrim  turlari ro’yxati, ular uchun to’lanadigan haq miqdori qonun xujjatlarida belgilanadi.

2. ARMning asosiy vazifalari

     2.1. Universal axborot resurslarini, milliy va chet el nashrlari (bosma, audiovizual, elektron nashrlar va boshqalar ) fondini shakllantirish, saqlash va berish.

     2.2. Foydalanuvchilarga ARMda hamda mintaqaning axborot-kutubxona markazi (AKM)dagi xujjatlar va boshqa materiallarni olish imkoniyatini yaratish.

 3. Foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlari

     3.1. ARMdan foydalanish xuquqi mazkur ARM xizmat ko’rsatadigan xududda yashaydigan, fuqoroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa jixatdan mansubligidan qatg’iy nazar, barcha aholiga, shuningdek, korxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlarga beriladi. Ushbu xuquq axborot rusurslari bilan  to’ldirishning, axborotlarni, shu jumladan, kutubxonalararo abonoment tizimi orqali berish, shuningdek, kutubxona-axborot xizmati kursatishning boshqa shakllari bilan tahminlanadi.

3.2. Foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga ega;

 – ARM fondidan istalgan xujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek, mintaqaning AKMdan va boshqa kutubxonalaridan xujjatlarning bosma yoki elektron nushalarini elektron vositasida yetkazib berish tizimin orqali buyurtma qilish va olish;

– bibliografik, mahlumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;

– ARM tomonidan o’tkaziladigan ommaviy-axborot tadbirlarida qatnashish, ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish.

3.3. Foydalanuvchilar ARMga ahzo bo’lish uchun tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma, posport yoki uning o’rnini bosadigan xujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarni taqdim etadilar hamda  kitobxon biletini va ro’yxatdan o’tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun mahlumotlar beradilar.

– boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik kitobxon biletini pasportdami yoki uning o’rnini bosadigan xujjatni ko’rsatgandan keyin oladilar.

– boshqa mamlakat fuqarolari biletni o’z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa xujjat asosida oladilar.

3.4. Foydalanuvchilarga bir yo’la foydalanish uchun beriladigan xujjatlar soni ARM tomonidan yakka xolda tartibga solinadi.

Noyob va qimmatli nashrlar hamda xujjatlar, shuningdek, ehlon qilinmagan materiallar  foydalanuvchilarga  belgilangan tartibda beriladi.

            3.5. ARM fondlarida zarur xujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, foydalanuvchilar ularning nusxalarini mintaqaning AKMdan olishi mumkin.

3.6. Foydalanuvchilar ARMdan olingan xujjatlarini va boshqa materiallarni extiyot qilishi shart.

– foydalanuvchi xujjatlar va materiallarni olishda, ularni ko’zdan kechirishi va ulardan biron-bir nuqson borligi aniqlanganda, bu to’g’risida ARM xodimiga mag’lum qilishi shart.

            3.7. ARM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun xujjatlariga  muvofiq, moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.

3.8. ARM fondidan olingan xujjatlar va materiallarni yo’qotgan yoxud ularga tiklab bo’lmaydigan darajada ziyon yetkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki  ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli  deb  ehtirof  etilgan (shu jumladan, nusxalari bilan) xujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo’lmagan taqdirda, ularning qiymatini bir necha baravar  miqdorda  to’lashi shart.

3.9. ARMdan foydalanish qoidalarini bo’zganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish xuquqidan ARM mahmuriyati tomonidan belgilangan tartibda maxrum qilinishi mumkin.

4. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyatlari

            4.1. ARM fondlaridagi xujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini tahminlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq xisobga olish.   

            – ARM fondlaridagi xujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini tahminlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq xisobga olish va foydalanishni amalga oshirish;

– mahlumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan, elektron katalogni yuritish.

4.2. ARM qo’yidagilarga majbur

– foydalanuvchilarni ARM va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan tahminlash;

     – foydalanuvchilarning extiyojlarini o’rganish va ularni to’liq qondirish;

– kutubxona, bibliografik, mahlumotnoma-axborot xizmati ko’rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda, foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo’yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;

– foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni tahminlash, zarur xujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur  yordam ko’rsatish;

– foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo’lgan extiyojlarni o’rganish asosida turli manbaalardan axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko’rsatishni amalga oshirish;

– zarur axborotni qidirib topishga o’qitishda mustaqillikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda tahlim olish ko’nikmalarini rivojlantirishga ko’maklashish;

– fondlardan zarur xujjatlar va materiallar mavjud bo’lmagan taqdirda, ularni qidirib topish ishlarini amalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonoment, shu jumladan, xalqaro abonoment tizimi orqali taqdim etish;

– ommaviy tadbirlarni  yuqori saviyada o’tkazish;

– ARMning ijobiy nufuzini yaratishga ko’maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning extiyojlarini o’rganish hamda ularning talablariga muvofiq, yangi xizmatlarini tashkil etish.

5. O’quv zallaridan foydalanish tartiblari

5.1. O’quv zalida adabiyotlarni foydalanishga olgan kitobxonlar o’quvchilik guvohnomalarini olganliklari xaqida imzo qo’yishlari shart.

5.2. O’quv zali bir  kitobxonga berilgan adabiyotlar va xujjatlar soni odatda chegaralanmaydi. Bir vaqtning o’zida ayrim adabiyotlar va xujjatlarga talab  ortib ketsa ARM mahmuriyati qarori bilan belgalangan adabiyotlar soni chegaralanishi mumkin.

5.3. Asosiy kitob omborxonasidan o’quv zalida ajratilgan adabiyotlar kerakli muddatda saqlab turilishi mumkin.

5.4. Qomuslar, mahlumotnomalar noyob va qimmatbaho kitoblar hamda kitobxonlararo abonomental orqali olingan boshqa nashr maxsulotlari o’quv zallariga beriladi.

5.5. O’quv zaliga shaxsiy va ARM kitoblari, jurnallari, gazetalari, boshqa adabiyotlardan qirqib olingan parchalar va boshqa bosma maxsulotlari bilan kiritish taqiqlanadi.

5.6. Adabiyotlarni o’quv zallaridan olib ketish taqiqlanadi. Ushbu qoida buzilganda o’quvchi mahmuriy belgilangan muddatga o’quvchilik xuquqidan maxrum qilinadi.

6. Abonomentlardan foydalanish qoidalari

6.1. Abonomentlardan adabiyotlarni olish va buyurtma berish uchun o’quvchilar ahzolik guvoxnomalarini ko’rsatadilar va olish paytida buyurtmalarga imzo qo’yishlar kerak.

6.2. Xar xil toifadagi kitobxon uchun nashr maxsulotlarini abonomentdan berish muddati va soni  (ilmiy, o’quv badiiy adabiyotlar) ARM mahmuriyati tomonidan tabaqalashtirilgan holda belgilanadi va ARM dan foydalanish qoidalariga ko’ra qayd qilib boriladi.

6.3. Qimmatbaho va noyob nashr maxsulotlari uyga berilmaydi, agar berish lozim bo’lgan xollarda ARM mahmuriyati tomonidan aniqlangan miqdorda kafolat puli qoldiriladi.

6.5. Belgilangan tartibga binoan agar uyga olgan adabiyotlarga boshqa kitobxonlarning extiyoji bo’lmasa, o’quvchilarga  foydalanish  muddati uzaytirishlari mumkin.

ARM

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali «Axborot-resurs Markazi» xodimlarining ish taqsimoti va lavozim YO’RIQNOMASI

«Axborot-resurs Markazi» direktorining  lavozim yo’riqnomasi majburiyatlari

 

I. Umumiy qoidalari.

ARM direktori filial direktori roziligiga ko’ra shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi.

-ARM direktorii o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, yuqori tashkilotlarning raxbarlik xujjatlari, uslubiyat markazlarining tavsiyalari, Nizom lavozim yo’riqnomasi va bo’lim faoliyatini yurgizuvchi boshqa turdagi xujjatlar, shiningdek bo’limning va ARMning ish rejalari, asosida raxbarlik qiladi.

-ARM direktor bo’limning faoliyatini boshqaradi, xamda ularning ishini rejalashtirish va tashkil etish ishini xisobga olish va xisob berish ishini ilmiy tarzda olib borishga mahsul.

-Kutubxonalarga xizmat ko’rsatish, fondlarni shakllantirish va tashkil etish, axborot izlash tizimini yaratishga doir innovatsion jarayonlarni markaz ishiga, bibliografik, axborot, metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etishni amalga oshiradi.

 

II. Vazifalari.

 

– Axborot resurs ishlarini tashkil etadi.

– Markazni ilmiy va  ishlab chiqarish ishlariga boshchilik qiladi.

– Belgilangan tartibda istiqbolli va yillik rejalarni tasdiqlaydi.

– markazlararo aboniment bo’yicha boshqa markazlar bilan aloqani o’rnatadi. Boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan konferentsiyalar, yig’ilishlar tashkil etadi.

Markaz faoliyatini uzuluksizligini va samaradorligini tahminlaydi. Jamoat tashkilotlari bilan birga jamoada tarbiyaviy ishlar tashkil etadi.

Madaniy, tahlim, axborot va boshqa dasturlar, loyixalar, aktsiyalarini birgalikda amalga oshirish uchun shuningdek foydalanuvchilarning xujjatlarga va axborotlarga bo’lgan extiyojlarini yanada to’liq qondirish uchun ARMlar, kutubxonalar, tahlim muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari, faoliyatini muvofiqlashtirish va kooperatsiyalashni rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi.

-ARMning malakali xodimlar bilan to’ldirishni, xodimlarni malakasini oshirishni tashkil etadi.

-ARM kengashini boshqaradi. Kitob fondi uchun moddiy javobgar xisoblanadi. Yuqori tashkilotlarda markaz faoliyatini ximoya qiladi “Mexnat kodeksiga” rioya qilishni tahminlaydi.

– Markazning xizmatlar va maxsulotlar assortimentini xizmat ko’rsatishining yangi noanhanaviy turlarini ishlab chiqish xisobiga kengaytirish: markazni resurs bazasining axborot izlash, unga ishlov berish va taqdim etish xisobga kengaytirish axborotni xisobga olish ishlov berish va tartibga keltirishning yangi texnik vositalarning joriy etish ishlarini amalga oshiradi.

-ARM faoliyat ko’rsatish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan boshqaruv xarakatlarini amalga oshiradi: markaz faoliyatini to’jtatib qolmasligi uchun javob beradi, axborot kutubxonachilik, ARMni boshqa tizim va idoraga qarashli kutubxonalar bilan olib boradigan ishlarni o’quv yurtlar o’quvchilariga, axoliga axborot xizmat ko’rsatishni tahminlash uchun muvofiqlashtiradi.

– Axoliga axborot kutubxona ko’rsatishni sifat jixatidan yangi darajaga chiqarish, uni ilmiy tahlim, axborot va madaniyat soxasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalarini asosida tezkorlik bilan qondirish bo’yicha ko’rsatilayotgan xizmatlar turini barcha bo’liimlarda keng targ’ibot qilishni tahminlaydi.

– Yig’ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va mahlumot bazalarini yaratish jarayoni bo’yicha mahsuldur.

 

III. Xuquqlari.

 

– Barcha bo’limlar ichidagi xodimlarning ishining aloxida belgilangan joylarga tayinlaydi va almashtiradi.

– Mahlum bir xodimlar faoliyatiga baxo beradi va ularning lavozimlarini ko’tarish yoki pasaytirish to’g’risidagi, rag’batlantirish va mukofotlash to’g’risidagi, aloxida xollarda jazo choralari to’g’risidagi masalalarni xal qiladi.

– O’z vakolatlarini doirasida ARM faoliyatidagi masalalarni xal etadi.

-ARMning umumiy faoliyatiga javob beradi.

 

Adabiyotlar va elektron axborotlar bo’limi mudiri  lavozimlik yo’riqnomasi

                                            

I.Umumiy qism

 

– ARM bo’limi mudiri oliy mahlumotli, malakali mutaxassis, ko’p yillik ish tajribaga ega bo’lishi kerak.

– Bo’lim mudiri direktor o’rinbosari bilan kelishilgan xolda direktor tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

-Bo’lim mudiri bevosita direktor o’rinbosariga bo’ysunadi, direktor o’rinbosari bilan kelishilgan xolda ilmiy uslubiy, marketing va reklama ishlarini olib boradi.

-Bo’lim mudirini ishdan bo’shatish va boshqa ishga o’tkazish O’zbekiston Respublikasi mexnat qonunlariga muvofiq ravishda amalga oshiradi.

 

II. Vazifalari

 

-ARM bo’lim mudiri bo’lim bo’yicha faoliyatini direktor o’rinbosari bilan kelishilgan xolda asosiy yo’nalishlarni aniqlab beradi.

-ARM yillik va chorak ish rejalari asosida tashkil qilishni tahminlaydi.

-Direktor buyruqlari va ko’rsatmalarini qo’l ostidagilarga yetkazadi, shuningdek bo’lim ish faoliyatiga oid xujjatlar bilan tanishtiradi.

-Qo’l ostidagilar o’rtasida vazifalarini taqsimlaydi va ularga berilgan vazifalarini sifatli bajarilishini nazorat qiladi.

-Ilmiy uslubiyat bo’limning xamkorligidagi olib borilayotgan uslubiy ishlari bo’yicha kutubxonalar aro kengash faoliyati uchun javob beradi.

-ARMda tashkiliy ishlarni amalga oshirishda qatnashadi:

-ARMning xisobotini tayyorlaydi:

-ARM xodimlar kasbiy malakasini va kompyuter savodxonligini oshirish tizimini nazorat qiladi.

-ARMning barcha bo’limlarining ommaviy tadbirlarini, kutubxonalar konferentsiyalarini, kitob ko’rgazmalarini, ko’rgazli bezatilishini nazorat qiladi.

-ARM kitob jamg’armasini saqlash uchun javobgar xisoblanadi.

 

 

1.  Ilmiy- metodik bo’limning «Etakchi uslubchi»ining lavozim  yo’riqnomasi.

 

I. Umumiy qoidalar:

 

            – Yetakchi uslubchi ARM direktori tomonidan filial direktorni roziligiga ko’ra shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi. Bevosita  ARM direktoriga yoki uning o’rinbosariga ҳamda bo’lim boshlig’iga bo’ysunadi.

 

II. Lavozim majburiyatlari:

 

– Axborot resurs markazi bo’limlariga metodik yordam ko’rsatish, ularning ish rejalaridagi barcha moddalarining sifatli bajarilishiga yordam beradigan metodik tavsiyalar tuzish va taqdim etish.

– Inovatsion kutubxonachilik ish tajribalarini aniklaydi yosh mutaxasislarga maslaҳatlar bilan amaliy yordam ko’rsatadi.

– Uslubiy-yo’riqnomalar va qo’llanmalar tuzish uchun materiallar tanlaydi va tayyorlaydi.

– Kutubxonachilik va axborot ishlari asoslari bo’yicha ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-treninglar o’tkazishni rejalashtiradi.

– eng yaxshi Axborot-resurs markazi kutubxonachisi tanlov mashg’ulotlarini o’tkazish rejasini tuzadi.

– Kutubxonachi xodimlarga maslaxat-metodik yordamini beradi.

– Ilmiy-metodik bo’limdagi yillik, choraklik rejalarni, ARM foydalanuvchilari bilan olib borgan ishlari xaqidagi xisobotlarni tayyorlab boradi.

 

2. Ilmiy-metodik bo’limning 1-toifali uslubchiining lavozim yo’riqnomasi

 

I. Umumiy qoidalar:

 

– 1-toifali uslubchi ARM direktori tomonidan filial direktori roziligiga ko’ra shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi. Bevosita ARM direktoriga yoki uning o’rinbosariga ҳamda bo’lim boshlig’iga bo’ysinadi.

 

II. Lavozim majburiyatlari:

 

– Axborot-resurs markazi, shuningdek, markazda tashkil topgan barcha bo’lim va sektorlar faoliyatining asosiy yo’nalishlaridagi tashkiliy va metodik tahminotni amalga oshiradi.

– Axborot resurs markazidagi bo’limlarni kutubxonachilik ishlari xolatini o’rganadi va kutubxonachilik yangiliklari, kutubxonachilik ishlariga doir xujjatlar, axborot resurs markazi ishidagi innovatsion shakllar va metodlarni aniqlaydi va ommalashtiradi, metodik materiallar ishlab chiqadi, kutubxonachi xodimlar malakasini oshirishga doir tadbirlarni, kengashlar, anjumanlar, seminarlar, kutubxonachi xodimlarni treninglari va boshqalarni tayyorlashda ishtirok etadi.

– Uslubiy yo’riqnomalar va qo’llanmalar tuzish uchun materiallar tanlaydi va tayyorlaydi.

– Kutubxonachi xodimlariga maslaxat- metodik yordamini beradi.

 

 

3. Elektron axborot resurs va adabiyotlar bo’limining “Axborot texnalogiyalari bo’yicha yetakchi mutaxasis”ining lavozim yo’riqnomasi.

 

Umumiy qoidalari:

– Yetakchi mutaxassis ARM  direktori tomonidan filial direktori roziligiga ko’ra shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi. Bevosita ARM direktoriga yoki uning o’rinbosariga xamda uning bo’lim boshlig’iga bo’y sunadi.

– Axborotlashtirish, elektron kataloglar, internet”Ziyonet” tarmoqlari bilan tanish bo’lishi xamda ushbu mahlumotlar bo’yicha kerakli tushunchaga ega bo’lishi kerak.

Lavozim majburiyatlari:

– Tizim bo’linmalarining foydalanuvchilariga ko’rsatayotgan xizmatlari bo’yicha ishlarini nazorat qiladi, adabiyotlardan foydalanish, kitob targ’ibotining turli usul va shakllarini amalda qo’llash ishlarida, kompyuter savodxonligini axborot qidirish (Internet xizmatlari, elektron pochta, elektron fayllar va papkalar) ko’nikmalarini o’rganishda foydalanuvchilarga yordam ko’rsatadi.

– bo’limning abonament, o’quv zallari va maxsuslashtirilgan bo’linmalarining ishlarini tartibga solib yordam berib boradi. Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishda bevosita ishtirok etadi.

 

 

4. Elektron axborot resurs va adabiyotlar bo’limining “Axborot texnalogiyalari bo’yicha 1- kategoriyali mutaxassis”ining lavozim yo’riqnomasi.

 

Umumiy qoidalari:

 

– 1-toifali mutaxasis ARMdirektori tomonida filial direktori roziligiga ko’ra shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi. Bevosita ARM direktoriga yoki uning o’rinbosariga xamda bo’lim boshlig’iga bo’ysunadi.

 

– Axborotlashtirish, elektron kataloglar, internet, “Ziyonet”tarmoqlari bilan tanish bo’lishi xamda ushbu mahlumotlar bo’yicha kerakli tushunchaga ega bo’lishi kerak.

Lavozim majburiyatlari:

 

– Tizim bo’linmalarining foydalanuvchilarga ko’rsatayotgan xizmatlari bo’yicha ishlarini nazorat kiladi, adabiyotlardan foydalanish, kitob targ’ibotining turli usul va shakillarini amalda qo’llash ishlarida, kompyuter savodxonligini axborot qidirish( Internet xizmatlari: elektron pochta, elektron fayllar va papkalar) ko’nikmalarini o’rganishda foydalanuvchilarga yordam ko’rsatadi.      

– Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishda bevosita ishtirok etadi.

     

5. Elektron axborot resurs va adabiyotlar bulimining “Etakchi kutubxonachi”sining lavozim yuriknomasi.

 

Umumiy qoidalar:

 

– Yetakchi kutubxonachi ARM direktori tomonidan filial  rektori roziligiga kura shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bushatiladi. Bevosita ARM direktoriga yoki uning urinbosariga xamda bulim boshligiga buysinadi.

– Ishning mafkuraviy siyosiy yunalishi sifatida tashkillashtirilishi, rejali ko’rsatkichlarini bajarilishi bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

 

Vazifasi:

 

– Kutubxonachilarga foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish buyicha metodik va amaliy yordam beradi.

– Axborotlashtirish, elektron kataloglar, internet, “Ziyonet” tarmoqlari bilan tanish bo’lishi xamda ushbu mahlumotlar bo’yicha kerakli tushunchaga ega bo’lishi kerak.

– Xar kuni o’z belgilangan ish joyida xisobotini yuritib boradi.

– Bo’limda va butun markazda ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish tayyorgarliklarida katnashadi.

– Bo’limning ish xujjatlarini yuritadi:

– Ish reja, ҳisobotlar (yozma va rakamli) ni tuzadi.

– O’tkazilgan tadbirlar bayonini yozib boradi.

– Bulimdagi kitob fondi uchun moddiy javobgar xisoblanadi.

 

6. Elektron axborot resurs va adabiyotlar bulimining 2-toifali kutubxonachi”sining  lavozim yuriknomasi.

 

Umumiy qoidalar.

 

– 2- toifali kutubxonachi ARM direktori tomonidan filial direktori roziligiga kura shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi. Bevosita ARM direktoriga yoki uning o’rinbosariga xamda bo’lim boshlig’iga bo’ysinadi.

– Ishning mafkuraviy-siyosiy yo’nalishi sifatida tashkillashtirilishi, rejali ko’rsatkichlarini bajarilishi bo’yicha javobgarlikni  o’z zimmasiga oladi.

 

Vazifasi:

 

– Kutubxonachi axborot oluvchiga kerakli bo’lgan adabiyotlarni tanlash va berishni tahminlaydi

– Kitobxonlar qiziqishlarini aniqlash maksadidia doimiy ravishda kitobxon formulyarini o’rganadi, kitobxonlar bilan suxbat va maslaxatlar olib boradi

– Qarzdorlar bilan ish olib boradi.

– Tematik ko’rgazmalar va ularning sharxini tashkillashtiradi.

– Ommaviy tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi.

 

7. Axborot xizmati va markenting bulimii mudirining lavozim yo’riqnomasi va ish majburiyatlari.

 

Umumiy qoidalari:

 

– Axborot xizmati va marketing bo’lim mudiri filial direktori roziligiga ko’ra ARM direktori tomonidan shartnoma asosida ishga qabul qilinadi va ishdan bo’shatiladi  ARM direktori va uning o’rinbosariga bevosita bo’ysinadi.

– Axborot xizmati va marketing bo’lim mudiri o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, yuqori tashkilotlarning raxbarlik xujjatlari, uslubiyat markazlarining tavsiyalari, Nizom, lavozim yo’riqnomasi va bo’lim faoliyatini yurgizuvchi boshqa turdagi xujjatlar, shuningdek bo’limning va ARMning ish rejalari, ARM direktorining buyruq va farmoyishlari asosida raxbarlik qiladi.

– Axborot xizmati va marketing bo’limi mudiri Axborot Resurs Markazi direktori qoshidagi kengash tarkibiga kiradi.

– Bo’lim mudiri umumiy raxbarlikka mashul bo’lib barcha ishlarni boshqaradi.

– Xodimlarning majburiyatlarini bajarishlarini nazorat qiladi, sektorlarning xamda xodimlarning shaxsiy ish rejalarini bajarilishini nazorat qilish davomida muxim masalalarni xal etishda yordam beradi.

– Bo’limning faoliyati va barcha ishlariga mashul bo’lib, uning yo’nalishiga ijrosiga, sifatiga, ishlab-chiqarish xamda ilmiy-uslubiy ishlariga kitoblarning saqlanishiga texnik vositalarni saklanishiga, mexnat intizomiga rioya etilishiga va kadrlarga javobgardir.

– Kompyuter soxasi va axborotlashtirish xamda Internet, “ziyonet” tarmoqlari bo’yicha kerakli bilimga ega bo’lishi lozimdir.

 

Lavozim majburiyatlari.

 

– Bo’limning yillik, chorak, oylik ish rejalarini tuzadi. Bayoniy va statistik xisobotlarini taxliliy xamda sonlarini ko’rsatgan xolda tuzib, bo’limning ish qoidalari, uslubi yo’riqnomalarini  tuzadi.

– O’z bo’limning kundalik oylik ish rejalarini taxlil etib bajarilishini tahminlaydi, ijrosini nazorat qiladi.

– Bo’limning barcha ommaviy va mahlumot axborot berish ishlarini tashkillashtiradi.

– Axborot – resurs markazining kutubxonachilik ishini riojlantirishning mintaqaviy tendetsiyalariga, ushbu markazni rivojlantirishning umumiy g’oyasiga, missiyasiga, axborot-resurs markazi foydalanuvchilarining extiyojlari va imkoniyatlariga mos keladigan yagona innovatsion siyosatini shakllantiradi.

– Markaz ish tajribasiga joriy etish uchun innovatsion g’oyalarni aniqlash va tanlash maqsadida boshqa axborot-resurs markazlari tajribasini, kutubxonachilik yangiliklari bozorini o’rganadi,markazni rivojlantirish rejalarini va shunga mos innovatsion dasturlarni, innovatsion faoliyatni qullab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqadi, innovatsion faoliyatning ustivor yo’nalishlarini belgilaydi, yangiliklarni joriy etish yo’llarini ishlab chiqadi.

 

8. Axborot xizmati va marketingbo’limi «Axborot texnologiyalari bo’yicha yetakchi mutaxassis»ining lavozim yo’riqnomasi va ish majburiyatlari.

 

Umumiy qoidalari:

 

-Etakchi mutaxassis filial direktori roziligiga ko’ra ARM direktori shartnoma asosida ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi. ARM direktori yoki uning o’rinbosariga xamda bo’lim boshlig’iga bevosita bo’ysinadi.

-Axborotlashtirish, elektron kataloglar, internet, “ziyonet” tarmoqlari bilan tanish bo’lishi xamda ushbu mahlumotlar bo’yicha kerakli tushunchaga ega bo’lishi kerak.

 

Lavozim majburiyatlari.

 

– Internet tarmog’ida joylashgan to’liq matnli elektron xujjatlarga kirib borishni tashkil etish.

– Nusxa ko’chirish, xujjatlarni skaner qilish bo’yicha xizmatlarni bajaradi.

-Yangi nashrlar to’g’risida axborot berish.

-G’oyalar yarmarkasi, yangi kelib tushgan nashrlar ko’rgazmasini uyushtirish.

-Axborotni foydalanuvchilarga xar-xil yo’llar orqali yetkazish:

  • Faks yuborish.

So’rovlarni telefon, elektron pochta orqali qabul qiladi.

Axborotni foydalanuvchilarning disketlari yoki kassetalariga yozib beradi.

  • Reklama faoliyati bo’yicha ish yuritadi:

Viloyatdagi ARMlar xaqida axborot beradi.

ARM uning tarkibiy bo’linmalari xaqida axborot to’playdi.

 

 

9. Axborot xizmati va markenting bo’limi «1-toifali mutaxassis»ining lavozim yo’riqnomasi va ish majburiyatlari.

 

Umumiy qoidalari:

  

  • 1-toifali bibliograf filial direktori roziligiga ko’ra ARM direktori shartnoma asosida ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi. ARM direktori yoki uning o’rinbosariga xamda bo’lim boshlig’iga bevosita bo’ysinadi.
  • Axborotlashtirish, elektron kataloglar Internet, “Ziyonet” tarmoqlari bilan tanish bo’lishi xamda ushbu mahlumotlar bo’yicha kerakli tushunchaga ega bo’lishi kerak.

 

Lavozim  majburiyatlari.

 

             –  Foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlash uchun xizmat ko’rsatish chogida foydalanadigan anhnaviy va elektron mahlumotnoma va bibliografik  nashrlar, kutubxonachilik kataloglari va kartotekalar yig’indisini ifoda ettiruvchi mahlumotnoma – bibliografik apparatini tashkil etadi va yuritadi.

 

– Foydalanuvchilarning bibliografik va faktografik so’rovlarini:

og’zaki, yozma, elektron pochta orkali tahminlovchi bibliografik, faktografik banklar va mahlumotnomalar bazasiga kirib borishni takdim etadi.

           

10.  Axborot xizmati va markenting bo'limi «1-toifali mutaxassis»ining  lavozim yo’riqnomasi va ish majburiyatlari.

 

Umumiy koidalari:

 

-1-kategoriyali muxandis filial direktorii roziligiga kura ARM direktori shartnoma asosida ishga kabul kiladi va  ishdan bushatadi. ARM direktori yoki uning urinbosariga xamda bulim boshligiga bevosita buysinadi.   

       

Lavozim majburiyatlari.

 

  1. kategoriyali muxandis-ARM ni belgilangan tartibda «Ziyonet» axborot tarmog’iga boskichma boskich ulash va ularning reserslaridan axolii keng katlamlarining foydalanish rejasini ishlab chikadi.

– Yangi axborot texnologiyalari (mahlumotlar elektron bazalari, Internet resurslari) asosida axoliga axborot xizmati ko’rsatish, axoliga kutubxona xizmati ko’rsatishni sifat jixatidan yangi darajaga ko’tarish, ularning ilmiy tahlim axborot va madaniyat soxasidagi  qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondiradi.

– Universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshka) fondlarini shakillantiradi, saqlash va foydalanish uchun beradi.  

– Yig’ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va  mahlumot bazalarini yaratadi.

– Yangi axborot texnologiyalari vositalarini ishlatish masalalari, kompyuter texnologiyalari tizimidagi nosozliklarni  bartaraf etish masalalari bilan shug’ullanadi, uskunalarni ishlatishdagi xavfsizlikni tahminlaydi. O’z vaktida profilaktik tadbirlar o’tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

 

11. Axborot texnalogiyalari bo’limi Axborot resurslarining shakllantiruvchi operatorining lavozim yo’riqnomasi va ish majburiyatlari.

 

Umumiy qoidalari:

 

– EҲM operatori filial direktori roziligiga ko’ra ARM direktori shartnoma asosida ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi. ARM direktori yoki uning o’rinbosariga xamda bo’lim boshlig’iga bevosita bo’ysunadi.

– EҲM operatori axborot-resurs markazining barcha foydalanuvchilarga mustaqil ishlashlari uchun kompyuter dasturlari fondini shakillantirish ishini amalga oshiradi.

– Axborot- resurs markazi faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha yagona mahlumotlar bazasini (video yozuvlar, kompyuter dasturlari, fono yozuvlar) yuritadi, kitobxonlarga axborot resurs markazidagi kompyuterdan foydalanish qoidalari yuzasidan maslaxatlar beradi, viloyat axborot resurs markazi bilan xujjatlarni elektron yo’l bilan yetkazish borasida o’zaro aloqani tahminlaydi.

 

12. Axborot texnalogiyalari bo’limi dasturlovchi muxandisi lavozim yo’riqnomasi va ish majburiyatlari.

 

Umumiy qoidalari :

 

– Dasturlovchi muxandis filial direktori roziligiga ko’ra     ARM direktori shartnoma asosida  ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi. ARM  direktori yoki uning o’rinbosariga xamda bo’lim boshlig’iga bevosita bo’y sinadi.

 

Lavozim majburiyatlari.

 

Dasturlovchi muxandis –ARM belgilangan tartibda “ziyoneT” axborot tarmog’iga bosqichma bosqich ulash va ularning resurslaridan axoli keng qatlamlarining foydalanish rejasini ishlab chiqadi.

  • Yangi axborot texnalogiyalari (mahlumotlar elektron bazalari, Internet resurslari) asosida axoliga axborot xizmati ko’rsatish, axoliga kutubxona xizmati ko’rsatishni sifat jixatidan yangi darajaga ko’tarish, ularning ilmiy, tahlim, axborot va madaniyat soxasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnalogiyalari asosida tezkorlik bilan qondiradi.
  • Universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqa ) fondlarini shakllantiradi, saqlash va foydalanish uchun beradi.
  • Yig’ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birashtiruvchi elektron kutubxonalar va mahlumotlar bazalarini yaratadi.
  • Yangi axborot texnalogiyalari vositalarini ishlatish masalalari, kompyuter texnalogiyalari tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish masalalari bilan shug’ullanadi, uskunalarni ishlatishdagi xavfsizlikni tahminlaydi. O’z vaqtida profilaktik tadbirlar o’tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

 

 

 

           

Qabul

Manzilimiz: Farg’ona viloyati, Fag’ona sh.,050102, Yangi Turon ko’chasi, 2a-uy

Telefon:   8 (373) 243 06 62

Faks:         8 (373) 243 06 62

E-mail:      fftma@mail.ru

Web sayt:   www.ttaff.uz

FUQAROLARNING MUROJAATI BO’YICHA

ISHONCH TELEFONI – 243-08-66

Ismingiz (majburiy)

E-mail (majburiy)

Habar mavzusi

Habar

Fayl yuklash

Dars jadvali

Dars jadvali

Yo'nalish Kursi Fayl
1 TPI 4 Ko'chirib olish
2 Kasb ta'limi 1 Ko'chirib olish
3 TPI 1 Ko'chirib olish
4 TPI 2 Ko'chirib olish
5 TPI 3 Ko'chirib olish
6 5 Ko'chirib olish
7 6 Ko'chirib olish
8 OMX 2 Ko'chirib olish
9 OMX 1 Ko'chirib olish
10 OMX 3 Ko'chirib olish

 

Изох: 1). Агар кафедрада бирорта фандан маъруза ўқийдиган профессор-ўқитувчига хафтанинг бир кунига ва парасига амалий машғулот устма-уст тушиб қолса шу парадаги амалиёт дарс машғулотини навбатчи ўқитувчи томонидан ўтиб туришига кафедра мудирлари маъсул.

           2). Хафтанинг хар Сешанба кунлари дарсдан сўнг (40 минут) хар бир гуруҳ ўз мураббийлари билан “Ахборот соати” дарси бўлади.

 

 

OTM vakant lavozimlari

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG’ONA FILIALI KAFEDRA MUDIRLARI VA FANLAR BO’YICHA PROFESSOR-O’QITUVCHILARINING QUYIDAGI VAKANT LAVOZIMLARIGA TANLOV E’LON QILADI:

I. Kafedra mudirlari:

1. Ijtimoiy – gumanitar fanlar

2. Biofizika va biokimyo

3. Tibbiy fundamental fanlar

4. Ichki kasalliklar profilaktikasi va oliy hamshiralik ishi

5. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar

6. Gigiena va jamoat sog’lig’ini saqlash

7. Kommmunal va mehnat gigienasi.

Kafedra mudirligi lavozimiga tanlovda fan doktorlari, professorlar yoki fan nomzodlari, dotsentlar qatnashishi mumkin.

II. Dotsentlar:

1. Pedagogika va psixologiya – 1 o’rin

2. Patologik fiziologiya – 1 o’rin

3. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya – 1 o’rin

III. Katta o’qituvchi:

1. Ichki kasalliklar – 1 o’rin

2. Farmokologiya – 1 o’rin

3. Epidemologiya – 1 o’rin

4. Umumiy gigiena ekologiya bilan – 0.5 o’rin

5. Bolalar va o’smirlar gigienasi – 1 o’rin

6. Mehnat gigienasi – 1 o’rin

7. Informatika va axborot texnologiyalari – 1 o’rin

IV. Assistentlar:

1. Otam anatomiyasi – 1 o’rin

2. Normal fiziologiya – 1 o’rin

3. Ichki kasalliklar – 1 o’rin

4. Asab kasalliklar – 1 o’rin

5. Psixiatiriya va narkologiya – 1 o’rin

6. Kasb kasalliklar – 0.5 o’rin

7. Epidomologiya – 1 o’rin

8. Mikrobiologiya – 1 o’rin

9. Bolalar va o’smirlar gigienasi – 1 o’rin

10. Kommunal gigiena – 2 o’rin

11. Mehnat gigienasi – 1 o’rin

12. Radiatsion va harbiy gigiena – 0.5 o’rin

13. Otorinologiya, stomatologiya – 0.5 o’rin

14. Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi – 0.5 o’rin

V. O’qituvchilar:

1. Falsafa (etika, estetika va mantiq) – 1 o’rin

2. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari – 1 o’rin

3. Iqtisodiyot nazariyasi – 1 o’rin

4. Ingliz tili – 2 o’rin

5. Rus tili – 0.75 o’rin

6. Lotin tili – 1 o’rin

7. Informatika va axborot texnologiyalari – 1 o’rin

8. Jismoniy madaniyat va sport – 2 o’rin

Tanlovga hujjatlar qabul qilish muddati e’lon chiqqan kundan boshlab 1 oy.

Murojaat uchun manzilgohimiz: Farg’ona shaxar, Yangi Turon ko’chasi, 2-uy.

Telefon: 243-06-62.

Ilmiy kotib.