Hamkorlik aloqalari, Ilmiy tadbirlar, Ommaviy tadbirlar

Kuban Davlat tibbiyot universitetida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Ko'rildi: 125

Joriy yilning 25-26 oktyabr kunlari Rossiya fedrasiyasi Kuban shahrining Kuban Davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan »Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda yangi yo‘nalishlar» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda filial direktori »Механизмы всасывания белков в тонкой кишке у новорожденных» mavzusida yalpi majlisida ma’ruza bilan qatnashdi.

Davolash ishi yo‘nalishi talabalariga xorijiy professor ochiq ma’ruza o‘qidi

Ko'rildi: 125

Joriy yilning 17- oktyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga Kaliningrad pedagogika va psixologiya biznes maktabi direktori o‘rinbosari filologiya fanlari doktori, professor Yashenko Pavel Pavlovich tashrif buyurdi. Tashrif  kuni “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasida Davolash ishi yo‘nalishi talabalariga “Tibbiyot xodimlarini kasbiy faoliyatga tayorlashda kommunikativ muloqotning o‘rni” mavzusida ochiq ma’ruzalar o‘qidi. Tashrif davomida kafedra o‘qituvchilari bilan […]

TTA Farg‘ona filialiga Kursk davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Ko'rildi: 125

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan 2018-yil 18-oktyabr kuni “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” doirasida imzolangan shartnomalar asosida yo‘l xaritada belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 25-sentyabr kuni, 2019/2020-o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga qo‘shma ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan Pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha Kursk davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quv- metodik […]

TTA Farg‘ona filialida qo‘shma ta’lim dasturlar asosida abituriyentalar hujjatlarini qabul qilmoqda!!!

Ko'rildi: 125

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” qaroridan kelib chikib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yil 17-sentyabrdagi 9-sonli bayoni asosida va 18-19-oktyabr 2018-yilda Rossiya Federatsiyasini Astroxan shahrida o‘tkazilgan […]

TTA Farg‘ona filiali ilmiy tadqiqotchilari 1- o‘zbek-belorus forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada ishtirok etishdi.

Ko'rildi: 125

Belorus Respublikasida malaka oshirayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali ilmiy tadqiqotchilari hamda Belorus pedagogika universiteti ilmiy xodimlari birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belorus Respublikasiga rasmiy tashrifi munosabati bilan Minsk shaxrida  uyushtirilgan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomli 1- o‘zbek-belorus forumi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada ishtirok etishdi.

Toshkent tibbiyot Akademiyasi Farg’ona filiali xorijiy talabalarni o’qishga taklif etadi

Ko'rildi: 125

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI VA»ASL PHARMA» – MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI BILAN EKSKLYUZIV HAMKORLIK TO’G’RISIDAGI 01.06.2019 DA IMZOLANGAN SHARTNOMA ASOSIDA TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING FARG’ONA FILIALI HINDISTON, POKISTON, NEPAL, BANGLADESH, SHRI-LANKADAN XORIJIY FUQAROLARNI QUYIDAGI YO’NALISHLARDA O’QISHGA TAKLIF ETADI: 1.DAVOLASH ISHI 2.OLIY HAMSHIRALIK ISHI 3.TIBBIY-PROFILAKTIKA ISHI Qo’shimcha ma’lumot olish uchun elektron pochta orqali murojaat qiling: sayyorkin09@mail.ru  ENG […]

Seyjon Universiteti delegasiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi

Ko'rildi: 125

2019 yil 13-iyun kuni Korea Seyjon universiteti rektori Farg‘ona viloyat hokimligi bilan Farg‘ona shahrida Korea Xalqaro Universitetini tashkil etish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Joriy yilning 3 – iyul kuni Seyjon Universiteti delegasiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga tashrif buyurishdi va Korea Xalqaro Universiteti, Hamshiralik fakulteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashinishga kelishildi.  

Rossiyalik mutaxassislar tomonidan talabalarga ma’ruzalar o‘qildi

Ko'rildi: 125

11 iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida xizmat safaridagi bo‘lib turgan Kuban davlat tibbiyot universiteti professorlari Davolash ishi fakulteti dekani, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.A.Suxinin, Sud tibbiyoti kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Ye.I.Bistrova hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i M.R.Acheldievlar filialning Kasbit ta’lim, Tibbiy profilaktika ishi va Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talabalariga ma’ruzalar o‘qildi.

Kuban davlat tibbiyot institutining delegasiyasi filialiga tashrif buyurdi

Ko'rildi: 125

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2018-yil 18-oktyabr kuni “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” doirasida imzolangan Yo‘l xaritalarida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida 2019-yil 10-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Krasnodar shahridagi Kuban davlat tibbiyot universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida hamkorlikda “Davolash ishi” hamda “Stomatologiya” yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha imzolangan shartnoma asosida o‘quv rejalarini tayyorlash maqsadida […]

Xalqaro aloqalarni mustahkamlash va hamkorlik

Ko'rildi: 125

16 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali «Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri R.M. Shermatov va Rossiya Federatsiyasi S.M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasi «Farmakologiya» kafedrasi mudiri P.D. Shabanov oʻzaro aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida malaka oshirish, talabalar mobilligi, mutaxassislar almashtirish haqida shartnoma imzoladi.