Ommaviy tadbirlar, Talabalar xayoti, Yangiliklar

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida talabalikka qabul qilingan yoshlar bilan tanishuv yig‘ilishi o‘tkazildi

Ko'rildi: 125

18-sentyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga  2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma ta’lim dasturi asosida Kuban davlat tibbiyot universiteti Davolash ishi va Stomatologiya hamda Kursk davlat tibbiyot universiteti Pediatriya yo‘nalishlariga talabalikka qabul qilingan yoshlar va ularning ota-onalar bilan ichki tartib qoidalar, ota onalar bilan talabalarning tarbiyaviy ishlarida qilinadigan hamkorlik ishlari haqida tanishuv yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining Yakuniy Davlat attestasiya jarayonlari boshlandi

Ko'rildi: 125

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yakuniy Davlat attestasiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  2019 yil 20 apreldagi 365 – sonli buyrug‘iga binoan 14-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi  bitiruvchilariga mutaxassislik fanlaridan Toshkent tibbiyot akademiyasi “Oliy ma’lumotli hamshirа” fakulteti dekani professor Sh.X.Bakiyeva  raisligida Yakuniy Davlat attestasiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining Yakuniy Davlat attestasiya jarayonlari boshlandi

Ko'rildi: 125

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yakuniy Davlat attestasiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  2019 yil 20 apreldagi 365 – sonli buyrug‘iga binoan 7-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishiga Ingliz tili fanidan Farg‘ona Davlat Universiteti “Ingliz tili o‘qitish metodikasi” kafedra mudiri N.Toirova raisligida Yakuniy Davlat attestasiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada “Gullar va qushlar” bayramiga o‘tkazildi

Ko'rildi: 125

TTA Farg‘ona filiali talabalari  1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan, Farg‘ona shahar Al-Farg‘oniy bog’ida o‘tkazilgan “Gullar va qushlar” bayramiga faol qatnashdilar.

Oliy ta’lim muassasalarida o‘rtasida Respublika Fan Olimpiadalari

Ko'rildi: 125

13-14 may kunlari Oʻzbekistondagi koʻplab oliy ta’lim muassasalarida Respublika Fan Olimpiadalari o‘tkazilmoqda. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tili fanidan Shavkatjonova Mohitabon, Guliston davlat universitetida o‘zbek tili fanidan Muxammedova Nilufar filial sharfini himoya qilib  faol qatnashmoqdalar.        

Ichki turizm – ma’naviy targ‘ibot maydoni

Ko'rildi: 125

Turizm industriyasi, hususan ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Qadim o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish  har bir kishida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiribgina qolmay, o‘z vatani tarixini bilishga, ajdodlar merosini o‘rganish orqali shu yurt farzandi ekanligidan faxr, g‘urur […]

“Zakovat” intellektual bellashuvi

Ko'rildi: 125

24 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali talabalari hududiy zakovat intellektual bellashuvida qatnashdilar. Murosasiz kechgan bahsda birinchilikni qo‘lga kiritdilar va Xiva shahriga yo‘llanma bilan taqdirlandilar.  

“Iqtidorli yoshlar yurt ertasi, kelajak bunyodkori” forumi

Ko'rildi: 125

17-18 aprel kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialda “Iqtidorli yoshlar yurt ertasi, kelajak bunyodkori” forumi o‘tkazildi. Ushbu forumda TTA Farg‘ona filiali mutaxassislik kafedralar professor o‘qituvchilar va talabalari »Sog‘lom ovqatlanish», »Milliy hunarmandchilik» mavzularida turli xil ko‘rgazma yarmarkalarini o‘tkazdilar. Farg‘ona viloyati Oliy ta’limlardan tashrif buyurgan mehmonlarga fililar iqtidorli talabalar tomondan konsert dasturi ham o‘tkazildi.

Talabalar teatr studiyalari festivali

Ko'rildi: 125

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining «Nastarin» teatr studiyasining faol talabalari Talabalar teatr studiyasi festivali Farg‘ona viloyati bosqichida munosib qatnashib 6 ta oliy ta’lim muassasalari orasida fahirli 1-o‘rinni egalladi.

Filialda Navroʻz tantanalari!!!

Ko'rildi: 125

Butun Oʻzbekiston boʻylab Navroʻz bayrami keng nishonlangan bir paytda Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida ham bahor kelgani koʻtarinki ruhda kutib olindi. Maskanimizning koʻrkam hududida toʻkin dasturxon atrofida mexmonlar, professor-oʻqituvchilar, talabalar toʻplandilar.