Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga qabul qilish to‘g‘risida

Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga qabul qilish to‘g‘risida

Ko'rildi 125 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-4310-sonli qarori ijrosiga asosan shuningdek, tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarida extiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiyot-saniyatariya  yordamchi muassasalari uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatda birlamchi maqsadli  ixtisoslashtirish kurslarida tayyorlash bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali 2019 yil va undan oldingi yillarda “Davolash ishi”, “Kasb ta’limi” yo‘nalishlari bo‘yicha bitirgan Farg‘ona viloyatining Bog‘dod, Buvayda, Yozyovon, Rishton, Toshloq hamda Quva tumanlarida doimiy ro‘yxatda turuvchi umumiy amaliyot shifokorlarini “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha hamda “Ichki kasalliklar” (terapiya) mutaxassisligi bo‘yicha davlat granti asosida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga o‘qishga qabul e’lon qiladi.

O‘qish istagini bildirganlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga mas’ul kotibi X.Mamarizayevga (+998912827313) joriy yilning 9-noyabriga qadar murojaat qilishlari so‘raladi.