Daily Archives: Juma Fevral 8th, 2019

“Korrupsiya- bugungi kun illati” mavzusida tadbir

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi yaratilgan. Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga kurashish maqsadida 8 fevral kuni  Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

photo_2019-02-09_14-57-18