Yangiliklar: Kategoriya arxivlari

Mahorat maktabi – master klass darslari

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi”da tahsil olayotgan Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi 1-kurs 72 nafar – 418-918 o‘zbek va 24 nafar-1018-1118 rus guruh talabalariga, 2019 yil 18-21 fevral kunlari, Toshkent Davlat Stomatologiya institutining “Gistologiya va tibbiy biologiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Akrom Yuldashevich Yuldashev tomonidan Gistologiya, sitologiya, embriologiya fanidan ma’ruza hamda “Fiziologiya va patologiya” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Aziza Abdurishidovna Nishonova tomonidan Fiziologiya fanidan 18 soatdan ma’ruza o‘qidilar va Master klass mashg‘ulotlari olib bordilar.

1

Farg‘onada “Bir umrga yorqin tabassum” dasturi ish boshladi

O‘zbekiston stomatologlar uyushmasidan «COLGATE» kompaniyasi ko‘magida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida “Bir umrga yorqin tabassum” stomatologik kasalliklar profilaktikasini targ‘ib etish dasturi ish boshladi.

Dastur bolalarda yoshlik davrdan boshlab og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarish qilish borasida mustahkam ko‘nikma hosil qilish hamda stomatologik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iboratdir.

IMG_20190219_185837_333

Odam savdosi-davr muammosi

Mamlakatimizda aholining madaniyatini yuksaltirish va huquqiy tarbiyani yaxshilashga qaratilgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb belgilandi. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” asosida respublika Oliy ta’lim muassasalarida ham targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent  tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida ham “Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

photo_2019-02-18_09-10-02

E’LON (ochiq ma’ruza darsi o‘tkazilishi haqida)

TTA Farg‘ona filiali “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnlogiyalari” kafedrasi jamoasi kafedraning ochiq darslar o‘tkazilishi bo‘yicha rejasiga muvofiq “Anatomiya” fanidan “Me’da-ichak tizimi a’zolari anatomiyasi” mavzusida kafedra professori, tibbiyot fanlari doktori Nishonov Yusuf Nishonovich tomonidan 2019-yilning 21-fevral kuni “Tibbiy profilaktika” fakulteti 1 kurs talabalariga ochiq ma’ruza darsi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

cb01865b1c