“Alisher Navoiy – mutafakkir, davlat arbobi, shoirlarning sultoni” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Yurtimizning barcha hududlarida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda. 9-fevral kuni Fargʻona shahri markazida joylashgan Alisher Navoiy haykali oldida viloyat hokimi Sh.Gʻaniyev boshchiligida “Navoiyga ehtirom” tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda TTA FF direktor oʻrinbosarlari M.Botirov, A.Salmonov hamda Yoshlar ittifoqi  etakchilari ishtirok etdilar. Undan soʻng TTA Fargʻona filiali axborot-resurs markazida “Alisher Navoiy – mutafakkir, davlat arbobi, shoirlarning sultoni” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
photo_2019-02-09_14-23-18 (2)Tadbirda Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi professor-oʻqituvchilari, axborot-resurs markazi hodimlari va 218 va 1216- guruh talabalari ishtirok etib, ulugʻ bobomiz Alisher Navoiyning buyuk nafaqat yurtimiz meʼrosi, balki bashariyat mulkiga daxldorligi bilan, uning ijodida tinchlik, vatanparvarlik, mehr, sadoqat, komil inson gʻoyasi ustuvor oʻrin egallashi alohida taʼkidlandi. Shu bois necha asrlar oʻtsa hamki, Navoiy ijodi hamon sevib mutolaa etilib, jahonning turli tillariga tarjima qilinmoqda.

photo_2019-02-09_14-52-38

photo_2019-02-09_14-23-18

Leave a Reply