“Individuallikka bir qadam” mavzusida psixologik trening
Joriy yilning 6 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari” kafedralari hamda filial psixologi ishtirokida “Individuallikka bir qadam” mavzusida psixologik trening boʻlib oʻtdi.
Professor-oʻqituvchilar bilan “Sening doʻsting kim?”, “Immigratsiya”, “Shiorim”, “Meditatsiya”, “Choʻlda yoʻqolganlar” mashqlari oʻtkazildi. Trening soʻngida ishtirokchilar tomonidan kelgusi izlanishlar uchun anketa toʼldirib berildi.
Leave a Reply
You must be logged in to post a comment.