O‘zbekistonda sayyohlik shifokori lavozimini joriy etish taklif etilmoqda

O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar mamlakat hududida yurgan vaqtida sog‘lig‘i yomonlashsa, salomatligi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz muammoga yuzaga kelsa, qo‘shimcha xarajatga tushishidan himoya qilinmagan. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov fikr bildirgan, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

41107b3b7822b0afa0a24586d3d88ffb0206

— Biz sayyohlik politsiyasini tuzdik. Juda ajoyib ish va xayrli ish bo‘ldi. Ammo ularning yonida albatta, sayyohlik shifokori ham kerak. Shunda bu yaxlit bir foydali tuzilmaga aylanadi, — deydi Jahongir Sarimsoqov.

Sarimsoqovga ko‘ra, majburiy sug‘urta tizimiga to‘liq o‘tgunga qadar O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida keladigan xorijliklarga viza taqdim etish chog‘ida majburiy tibbiy sug‘urtani ham qo‘shish mumkin. Kasal bo‘lib qolganida ularning shifokorlar xizmatidan foydalanishiga sharoit yaratilsa, dorixonalarda sotilayotgan dori-darmonlar retseptini inglizchasiga o‘girib qo‘yilsa, shubhasiz, bu mamlakat imiji bo‘ladi.

Yakuniy maqsad sayyohlarga kutilmagan holatlarda tushib qolganida ularning ortiqcha xarajatga tushishidan sug‘urta qilishdir.

Viza narxi ichiga qo‘yilgan 4-5 dollarni Sog‘liqni saqlash, Turizm qo‘mitasi yoki Moliya vazirligining maxsus jamg‘armasiga o‘tkazish mumkin. Bunday yondashuvlar orqali sayyohlarning iste’mol huquqi samarali, zamonaviy standartlarga mos va xavfsiz shakllarda ta’minlanadi.

Leave a Reply