Islom Karimov tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbiri

Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, Islom Abdug‘anievich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.Bu insonning pok xotirasini abadiylashtirish maqsadida tavallud ayyomi munosabati bilan Oʻzbekiston boʻylab tadbirlar oʻtkazilmoqda. Joriy yilning 29-30 yanvar kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida ham xotira suhbatlari oʻtkazildi. Tadbirda I.Karimov haqidagi video film namoyish etildi. Talabalar tomonidan bagʻishlov sheʼrlar oʻqildi.

1

Ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘anievich Karimovning yorqin xotirasi abadiydir!

2

Leave a Reply