“Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish” masalasida yig’ilish

Joriy yilning 29 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali yigʻilishlar zalida DXX Fargʻona viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi xodimlari, filial professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirokida  “Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish”  masalasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

photo_2019-01-31_08-50-16 

Unda dalillarga asoslangan video film namoyish etilib, poraxoʻrlik holatlari haqida gapirildi. Filial direktori G.Sultanov soʻzga chiqib, bu kabi illatlar yoʻq qilinishi, yoshlarda siyosiy ongni oʻstirish darkorligi haqida gapirdi. Professor-oʻqituvchilar va xodimlar filialni korruptsiyadan holi hudud boʻlishi uchun kurashlari kerakligini taʼkidlab oʻtildi. Shuni aytish lozimki, prokuratura xodiminig takidlashicha, TTA Fargʻona filiali haqida shu kungacha shikoyatlar kelib tushmagan.

photo_2019-01-31_08-50-26

Leave a Reply