Ekologik umumxalq xayriya hashari

Hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

photo_2019-01-29_09-14-30

Respublikamizda 26 yanvar kuni  ilk bor ekologik umumxalq xayriya hashari sifatida e’lon qilinishida ham katta ma’no bor.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida ham xayriya hashariga o‘zgacha hozirlik ko‘rildi. Mazkur tadbir bahona filial hududlarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlari bajarildi.

photo_2019-01-29_09-14-46

photo_2019-01-29_09-14-35

E’tiborli tomoni shundaki, mazkur tadbirda talabalar  alohida namuna ko‘rsatib, “Guliston” mahallasida joylashgan qabristonni obodonlashtirishda qatnashdilar.

Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.

photo_2019-01-29_09-14-23

Leave a Reply