1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan direktor tabrigi

1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan direktor tabrigi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

Ustoz – sofdil, kamtarin, ma’naviy boy, axloqan pok insondir. Ustozlar – butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo‘riyu mehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir. Ular bizlarga oq-qorani, yaxshi-yomonni tanitib, qo‘llarimizga ilk bor qalam tutqazib, “Ota-ona”, “Vatan”, “Ezgulik”, “Iymon”, “Islom” kabi so‘zlarni yozishga o‘rgatgan buyuk va aziz zotlardir.

Buyuk mutafakkir bobomiz Abdulla Avloniy: “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir,” – deganlar. Demak, ustozlarning zimmasida juda ham buyuk mas’uliyatli vazifa yuklangan. Bu ham bo‘lsa, kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama yetuk va barkamol, ma’nan va axloqan pok, vatanparvar va insonparvar insonlarni tarbiyalab chiqarish vazifasi.

Ha, o‘qituvchilik juda ham mashaqqatli, yuksak sabr va matonat talab qiladigan kasb, shu sababli ham uning ajru savobi beqiyosdir.

Aziz Ustoz va Murabbiylar, ana shunday mashaqqatli mexnatingiz yo‘lida sizlarga sog‘liq, yuksak sabr, hamisha yuqori cho‘qqilarda yurishingizga tilakdoshman.

Yana bir bor bayramingiz Muborak bo‘lsin Aziz Ustozlar!!!

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali direktori G.N. Sultanov