TTA Farg‘ona filialiga Kursk davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

TTA Farg‘ona filialiga Kursk davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Ko'rildi 125 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan 2018-yil 18-oktyabr kuni “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” doirasida imzolangan shartnomalar asosida yo‘l xaritada belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 25-sentyabr kuni, 2019/2020-o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga qo‘shma ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan Pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha Kursk davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quv- metodik ishlar, ularning o‘quv jarayonida ishtiroki, o‘quv dasturlarning moslashuvini, Kursk tibbiyot universiteti bilan tarmoqli aloqalar hamda talabalarga onlayn tarzda leksiyalar o‘tish tartiblari haqida kelishib olindi. Tashrifning birinchi kunida Pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan talabalar bilan tanishuv o‘tkazildi va ularning bilim darajalari imtixon qilindi.

 

Tashrifning ikkinchi kunida O‘quv metodik boshqarmasi boshlig‘i, profesor A.I.Ovod, Xalqaro ishlar yo‘nalishi boshlg‘i Yu.Sh.Iobidze hamda Xalqaro bo‘lim boshlig‘i T.D.Dreminlar tomondan filial talabariga ochiq ma’ruzalar o‘qildi.