Xalqaro yoshlar festivali

Xalqaro yoshlar festivali

125 News

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, mamlakatimizda xavfsizlik, davlatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni mustaxkamlash borasida, amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida 11-12- mart kunlari Farg’ona viloyatida «Kelajakni terrorizmsiz quramiz» shiori ostida halqaro yoshlar festivali o’tkazilmoqda.

Bunda Qirg’izston Respublikasining O’sh, Jalal – Abad va Batken viloyatlaridan hamda Tojikiston Respublikasining So’g’d viloyatlari OMT talaba yoshlari ishtirok etishmoqda. Ushbu festival doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali talaba yoshlari faol ishtirok etishmoqda. Mehmonlarning filialga tashrifi, dars jarayonlarida ishtirok etganlari hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat Universiteti f.f.d. professor A.S.Saidov va Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali direktori t.f.n. dosent G’.N.Sultonov tomondan o’tkazilgan do’stona suhbatlar, o’zaro savol javoblar talaba yoshlarda katta taasurotlar qoldirdi.

Kelajakda qo’shni davlarlat bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida ilmiy va o’quv yo’nalishlarda xamkorlik qilishga kelishib olindi.
Dastur davomida mehmonlar uchun Farg’ona shahar «Istiqlol» markaziy sport o’yingohida festival ochilish ma’rosimi Gala konsert bilan davom etirildi.